Assotsiatsiya haqida

Assotsiatsiyani tashkil etishdan maqsad:

ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va kompaniyalarda iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy farovonlikning o‘sishiga ko‘maklashish.

Assotsiatsiya vazifalari

O‘zbekiston ish beruvchilar Assotsiatsiyasi faoliyati inson resurslarini boshqarish, ijtimoiy sheriklikni chuqurlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalarida inson kapitalining rolini kuchaytirish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlarni rivojlantirish va joriy etishga qaratilgan.

Himoya qilish va ilgari surish...

... ish beruvchilarning manfaatlarini, shu jumladan davlat organlari va kasaba uyushmalari bilan hamkorlik doirasida, manfaatdor tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda himoya qilish va ilgari surish

Qo‘llab-quvvatlash...
... qulay biznes-muhitni shakllantirishni, biznes-tuzilmalarning ijobiy obro‘sini mustahkamlashni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga erishishga qaratilgan xalqaro standartlar va reglamentlarni shakllantirish va takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash
Hamkorlikni rivojlantirish...
... boshqa ish beruvchilar birlashmalari va mutaxassislar birlashmalari, kasbiy va ishlab chiqarish birlashmalari, xalqaro va xorijiy ish beruvchilar tashkilotlari, mehnat sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek qarorlarni qabul qilishga ko‘maklashish, ish beruvchilarning ijtimoiy majburiyatlari bajarilishini ta'minlash maqsadida davlat organlari bilan tizimli aloqa o‘rnatish
Ko‘maklashish...

... HR-boshqaruvi samaradorligining o‘sishi orqali tashkilotlarning mehnat jamoalarida iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni oshirishga, xodimlarni rivojlantirishga va inson kapitalini kuchaytirish maqsadlarida Assotsiatsiya a'zolarining ijtimoiy sherikligini oshirishga ko‘maklashish

Ishtirok etish...
... mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda,
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishda va umuman iqtisodiyotning turli tarmoqlari rivojlanishiga ko‘maklashishda, tashkilotlarning iqtisodiy samaradorligini va investitsiyalar rentabelligini oshirishda ishtirok etish
Ishlab chiqish...
... kompetentli yondashuvdan foydalanib, bu bilan professional ta'limni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, ish beruvchilarning malakali kadrlarni tayyorlash va mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirishdagi ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida professional standartlar va malakalar tizimini ishlab chiqish

Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lishning afzalliklari


50+
kompaniyalar allaqachon bizning safimizda
Korporativ imijni mustahkamlash

Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish biznes hamjamiyatida kompaniyangizning ishonchli va ochiq hamkor sifatidagi imijini shakllantirishga yordam beradi.

Biznes masalalarini birgalikda yechish

Assotsiatsiyaga a’zolik biznesning asosiy masalalarini jamoaviy muhokama qilish va hal qilish hamda mehnat munosabatlari doirasida manfaatlarni himoya qilish imkoniyatlarini ochadi.

Tadbirlarda qatnashish uchun imtiyozli imkoniyatlar

Assotsiatsiya va uning hamkorlari tadbirlarida manfaatli shartlarda ishtirok etish imkoniyati

Professional aloqalarni kengaytirish

Assotsiatsiyaga a’zolik ishbilarmonlik aloqalari va kasbiy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qiladi

Ekspert yordami va vositachilik
Mehnat nizolari kelib chiqqanda maslahatlar berish va vositachilik xizmatlari ko‘rsatish
Referens-tashriflar
Tajriba va bilim almashish uchun yetakchi kompaniyalarga tashriflarni tashkil etish
Davlat tuzilmalarida manfaatlarni ifodalovchi vakillik
Hukumat va davlat organlarida Assotsiatsiya a’zolarining manfaatlarini faol ifodalash va himoya qilish
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiyalar
Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maslahatlar berish, mehnat muhofazasi bo‘yicha seminarlar va konferensiyalarga kirish
Tahliliy ma’lumotlardan foydalanish
A’zolik mehnat bozori, xodimlarni boshqarish va biznesning boshqa muhim jihatlariga oid professional va tahliliy ma’lumotlarga kirish imkonini beradi
Sohaviy tadbirlar tarmog‘i
Sohaning dolzarb masalalarini muhokama qilish va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ixtisoslashtirilgan tadbirlar va konferensiyalarni tashkil etish va ularda ishtirok etish
Assotsiatsiya logotipidan foydalanish
A’zolik Assotsiatsiyaning logotipidan veb-saytda, kompaniyangizning reklama va bosma materiallarida foydalanish huquqini beradi, bu tashkilotga a'zo ekanligingizni bildilardi

Assotsiatsiya kengashi

Image Description
Nargisa Baymirzayeva

O‘zbekiston ish beruvchilar Assotsiatsiyasi ekspert kengashi rahbari


 
Image Description
Gulnora Urmanova

O‘zbekiston ish beruvchilar Assotsiatsiyasi ijrochi direktori


 
Image Description
Yuliya Yakovleva

"Person Hunters"
bosh direktori


 
Image Description
Otabek Nasirov

Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi


 
Image Description
Dinara Daurenbekova

"UZCOPPER" MCHJ QKning xodimlar va ma’muriy masalalar bo‘yicha direktori


 
Image Description
Lazizbek Mamatov

"Artel Electronics" xodimlar bo‘yicha direktori


 
Image Description
Natalya Trankovskaya

"TechBridgeInternational" asoschisi


 
Image Description
Vera Kudryashova

"Korzinka" xodimlar bo‘yicha direktori


 

Ekspert qo‘mitalari

Raqamli transformatsiya

Kompaniyalarning biznes jarayonlarida raqamli texnologiyalarni ilgari surish, IT-yechimlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish, uyushma a’zolari o‘rtasida raqamli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.




Qo‘mita rahbari: Otabek Nosirov.

Yoshlarni tayyorlash va ish bilan ta’minlash

Yosh mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.



Qo‘mita rahbari: Vera Kudryashova.

Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishni normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish

Mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish, ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilish, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.



Qo‘mita rahbari: Dinara Daurenbekova.

HR-transformatsiya

Kadrlar strategiyasini mehnat bozorining yangi sharoitlariga moslashtirish, bandlikning moslashuvchan shakllarini rivojlantirish, kompaniyalarda HR funksiyasi samaradorligini oshirish.


Qo‘mita rahbari: Nargisa Baymirzayeva.

Xalqaro hamkorlik

Xorijiy uyushmalar bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish, ilg‘or tajribalar bilan almashish, xorijda milliy biznes manfaatlarini ilgari surish.



Qo‘mita rahbari: Lazizbek Mamatov.

ESG barqaror rivojlanishi

Barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish, biznesda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv mas’uliyati (ESG) standartlarini ilgari surish.




Qo‘mita rahbari: Natalya Trankovskaya.

Tadqiqotlar

Assotsiatsiya a’zolari

Biz bilan bog'laning


Manzil Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 73 uy
CRM-форма появится здесь